Ozodlikdan mahrum qilish jazo tariqasida ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etgan shaxslarga, shuningdek sudlanuvchining shaxsini inobatga olgan holda — ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarni sodir qilgan shaxslarga nisbatan, agar bunday shaxslarni jamiyatdan ajratmagan holda axloqan tuzatishning imkoni boʻlmasa, qoʻllaniladi.