Sudlarga tushuntirilsinki: qonun sanksiyasida nazarda tutilganidan ham yengilroq jazo tayinlash paytida hukmning qaror qismida faqat Jinoyat kodeksining tegishli moddasi (qismi, bandi) boʻyicha JK 57-moddasi qoʻllanilib tayinlangan uzil-kesil jazo chorasi koʻrsatilishi lozim boʻlib, yengilroq jazo qoʻllash sabablari hukmning tavsif qismida koʻrsatilishi kerak; shaxs jinoyat qonunining turli moddalarida (moddasi qismlarida) koʻzda tutilgan bir necha jinoyat sodir etganlik uchun sudlanayotgan boʻlsa, JK 57-moddasi jinoyatlar jami boʻyicha tayinlangan jazodan keyin emas, balki alohida jinoyatlar uchun jazo tayinlash paytida qoʻllaniladi; qonun sanksiyasida nazarda tutilganidan ham yengilroq asosiy jazoning tayinlanishi aybdorning harakatlari kvalifikatsiya qilinayotgan qonun sanksiyasida nazarda tutilgan qoʻshimcha jazolarni tayinlash imkoniyatini istisno qilmaydi.