Sudlarga muayyan faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilish tariqasidagi qoʻshimcha jazoni, tegishli asoslar mavjud boʻlgan hamda jazoni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlarni hisobga olgan holda, ushbu faoliyat kasb yoki tirikchilik manbai boʻlgan shaxslarga nisbatan (masalan tadbirkorlik faoliyati, transport vositalarini boshqarish va sh.k.) qoʻllashning qanchalik maqsadga muvofiqligi masalasini muhokama qilish tavsiya etilsin. Shuni nazarda tutish lozimki, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslarga nisbatan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jazo tayinlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi, odam oʻlishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlgan hollar bundan mustasno (JK 45-moddasi beshinchi qismi ).