Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, jinoyatlar majmui uchun JK 59-moddasining sakkizinchi qismi boʻyicha jazo tayinlanganda, uzil-kesil jazo, qoida tariqasida, Jinoyat kodeksining Umumiy qismida belgilangan tartib va miqdorda tayinlanib, birinchi hukm boʻyicha tayinlangan jazodan kam boʻlishi mumkin emas. Bunday hollarda birinchi hukm boʻyicha tayinlangan jazoning oʻtalmagan qismidan emas, balki uning toʻliq miqdoridan kelib chiqish shartligiga eʼtibor qaratilsin. JK 59-moddasining sakkizinchi qismiga muvofiq tayinlangan uzil-kesil jazo muddatini belgilashda birinchi hukm boʻyicha oʻtalgan jazo hisobga olinadi.