Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi: ishlarni barcha sud instansiyalarida koʻrishda jinoyat uchun jazo tayinlash haqidagi qonun normalarining toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlasinlar; jazo tayinlash amaliyotini doimiy ravishda oʻrganib borish va umumlashtirish, qonunni qoʻllashda yoʻl qoʻyilgan xatolarni tahlil qilgan holda, kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan tegishli choralar koʻrsinlar.