MKning 156-moddasiga koʻra, tashkilotning mulkdori almashganda, xuddi shuningdek tashkilot qayta tashkil etilganda (qoʻshib yuborilganda, qoʻshib olinganda, boʻlinganda, ajratib chiqarilganda, oʻzgartirilganda) yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar xodimning roziligi bilan davom ettiriladi. Tashkilotning idoraviy taalluqliligi (boʻysunuvi) oʻzgarganligi ushbu tashkilotning xodimlari bilan mehnat shartnomalarini bekor qilish uchun asos boʻlmaydi. Tashkilot mulkdorining almashganligi, uning qayta tashkil etilganligi, tashkilotning idoraviy taalluqliligi (boʻysunuvi) oʻzgarganligi munosabati bilan xodimning ishni davom ettirishni rad etishi MK 156-moddasining beshinchi qismiga koʻra mehnat shartnomasini ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlangan holda bekor qilishga asos boʻladi.