Sudlar tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soluvchi qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 57-band. MK 168-modda birinchi qismining 9-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi…

MK 168-modda birinchi qismining 9-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida doimiy asosda ishlagan Senat aʼzosining vakolatlari muddati tugaganligi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tarqatib yuborilganligi munosabati bilan avvalgi lavozimiga (ishiga) qaytganligi munosabati bilan ushbu lavozimda (ishda) ishlayotgan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.