Sudlarning eʼtibori mehnat shartnomasini MK 168-moddasi birinchi qismining 10-bandiga asosan bekor qilinishiga MK 168-moddasi birinchi qismining 1 — 9-bandlarida sanab oʻtilmagan mehnat shartnomasi taraflarining xohish-irodasiga bogʻliq boʻlmagan qonunda nazarda tutilgan boshqa holatlar boʻlishi mumkinligiga qaratilsin. Bunday holatlarga, xususan agar ishni davom ettirish oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning hayoti va sogʻligʻiga, xavfsizligiga hamda maʼnaviy jihatdan kamol topishiga tahdid solayotgan boʻlsa yoki ularga boshqacha tarzda ziyon yetkazishi mumkin boʻlsa, bunday shaxslar bilan mehnat shartnomasini ota-onasidan biri (ota-onasini oʻrnini bosuvchi shaxs), shuningdek mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organlar hamda voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalar (MKning 422-moddasi), muqobil xizmat oʻtayotganlar bilan mehnat shartnomasini muqobil xizmat organlari talablariga koʻra bekor qilinishi kiradi.