MKning 170-moddasiga koʻra, mehnat shartnomasini bekor qilish ishga qabul qilish huquqiga ega boʻlgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi va ish beruvchining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Oxirgi ish kuni mehnat shartnomasi bekor qilingan kundir. Agar oxirgi ish kuni dam olish kuniga yoxud ishlanmaydigan bayram yoki boshqa ishlanmaydigan kunga toʻgʻri kelsa, undan keyingi birinchi ish kuni oxirgi ish kuni hisoblanadi. Ish beruvchi mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni xodimga uning mehnat daftarchasini yoxud elektron mehnat daftarchasidan koʻchirmani, shuningdek, mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruqning koʻchirma nusxasini berishi shart. Ish beruvchi xodimning yozma arizasiga koʻra, unga ish bilan bogʻliq hujjatlarning tegishli ravishda tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini ham berishi shart. Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni xodim ishda boʻlmaganligi yoki hujjatlarni olishni rad etganligi munosabati bilan unga mehnat daftarchasi yoxud elektron mehnat daftarchasidan koʻchirmani hamda mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruqning koʻchirma nusxasini berish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, ish beruvchi keyingi ish kunidan kechiktirmay xodimga mehnat daftarchasini olish uchun kelishi yoxud mehnat daftarchasi pochta orqali yuborilishiga rozilik berishi zarurligi haqida bildirishnoma yuborishi shart. Ish beruvchi xodimning mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruqning koʻchirma nusxasini pochta orqali yuborish uchun roziligini olmagan holda pochta joʻnatmasini topshirish haqidagi bildirishnoma bilan yuborishga haqli (MKning 171-moddasi). Xodimga u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi buyruqning koʻchirma nusxasi boshqa usulda, yaʼni elektron, internet tarmogʻi va shu kabi aloqa vositalari orqali yuborilib, xodim ushbu xabarnomani olganligi holati ham ish beruvchi ushbu majburiyatni bajargan deb hisoblashga asos boʻladi. Buyruq nusxasi elektron tartibda yuborilganligi uni pochta orqali yuborish maj