Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 18-band. Sudlarga tushuntirilsinki, aynan oʻsha taraflar tomonidan aynan oʻsha asoslar boʻyicha…

Sudlarga tushuntirilsinki, aynan oʻsha taraflar tomonidan aynan oʻsha asoslar boʻyicha nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi takroriy daʼvo arizasi sudning ish yurituviga bunday daʼvoni rad qilish haqidagi hal qiluv qarori yoki daʼvogarning daʼvodan voz kechganligi yoxud taraflar yarashganligi munosabati bilan ish yuritishni tugatish haqidagi ajrim qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab, kamida olti oy oʻtgandan soʻng qabul qilinishi mumkin. Bunday daʼvo yangi asoslarga koʻra taqdim etilganda, takroriy daʼvo arizasi mazkur muddatga rioya qilinmasdan berilishi mumkin.