Tushuntirilsinki, Oila kodeksining 37-moddasiga muvofiq nikoh er-xotindan birining vafoti yoki ulardan biri sud tomonidan vafot etgan deb eʼlon qilinishi oqibatida tugaydi. Er va xotin hayotligida nikoh ulardan biri yoki har ikkalasining arizasiga koʻra nikohdan ajratish yoʻli bilan tugatilishi mumkin. Zarur hollarda, agar buni muomalaga layoqatsiz er yoki xotin manfaatlari himoyasi taqozo etsa, nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ariza uning vasiysi tomonidan berilishi mumkin.