Oila kodeksining 47-moddasiga muvofiq nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organida nikohdan ajratilganlik roʻyxatga olingan kundan boshlab tugatiladi. Mazkur qoida nikoh tugatilishi payti qonunga koʻra sudning hal qiluv qarori kuchga kirgan paytdan boshlanishi tan olingan (1998-yil 30-apreldan 2010-yil 15-sentabrgacha) davrga nisbatan tatbiq etilmaydi.