Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 5-band. Tushuntirilsinki, OK 42-moddasi ikkinchi qismi va 43-moddasi ikkinchi qismida nazarda…

Tushuntirilsinki, OK 42-moddasi ikkinchi qismi va 43-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan barcha hollarda nikohdan ajratish sud tartibida amalga oshiriladi. Nikohdan ajratish masalasi FHDY organlari vakolatiga taalluqli boʻlgan ayrim hollarda ham u sud tartibida amalga oshirilishi mumkin, chunonchi, agar er-xotindan biri nikohdan ajratish toʻgʻrisida ariza berishdan bosh tortsa yoki FHDY organiga ariza berish uchun shaxsan kelish imkoniyatiga ega boʻlmasa yoxud ariza berib, nikohdan ajratishni qayd etish uchun hozir boʻlmasa. Bunday holatlar mavjudligi FHDY organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari maʼlumotnomalari va h.k.lar bilan tasdiqlanishi mumkin. Shuni nazarda tutish lozimki, OK 43-moddasi birinchi qismida belgilangan nikohdan FHDY organlarida ajratish tartibi spirtli ichimliklar, narkotik vositalar yoki psixotrop moddalarni suiisteʼmol qilishi oqibatida muomala layoqati cheklangan shaxslar bilan nikohdan ajratish hollariga tatbiq etilmaydi. Bunday shaxslarga nisbatan berilgan, shuningdek bunday shaxslar tomonidan berilgan daʼvolar boʻyicha nikohdan ajratish sud tartibida amalga oshiriladi.