Sudlar tomonidan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash amaliyoti haqida 10-band. Sudlarning eʼtibori xususiy va oilaviy sirga boʻlgan huquq xususiy va oilaviy…

Sudlarning eʼtibori xususiy va oilaviy sirga boʻlgan huquq xususiy va oilaviy munosabatlar haqidagi maxfiy maʼlumotlarni, jumladan nikoh, farzandlar, farzandlikka olish, tibbiy, ijtimoiy, maishiy va fuqaro hayotining shaxsiy sohasini tashkil etuvchi boshqa holatlar toʻgʻrisidagi axborotlarni himoya qilishni oʻz ichiga olishi, ushbu huquqqa aralashuv faqat qonun asosida yoki shaxsning ixtiyoriy ravishda bergan roziligi bilangina yoʻl qoʻyilishiga qaratilsin. Shaxsning roziligisiz yoki bunday rozilik berilgan maqsadlar doirasidan tashqari koʻrsatilgan maʼlumotlarni noqonuniy yigʻish, tarqatish, eʼlon qilish yoki ulardan foydalanish shaxsiy nomulkiy huquqlarni buzish hisoblanishi, bunday maʼlumotlarni oshkor etilishi shaʼn, qadr-qimmat, obroʻ va boshqa shaxsiy huquqlarga zarar yetkazish deb baholanishi lozim.