Sudlar tomonidan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash amaliyoti haqida 18-band. Tushuntirilsinki, FK 100-moddasining birinchi qismiga muvofiq, shaxsning shaʼni…

Tushuntirilsinki, FK 100-moddasining birinchi qismiga muvofiq, shaxsning shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi maʼlumotlar tarqatilgan deb hisoblash uchun bunday maʼlumotlarni birgina uchinchi shaxsga yetkazish yoki undan foydalanish imkonini yaratish yetarli hisoblanadi. Sudlar bunday maʼlumotlar: matbuotda eʼlon qilish, radio va televideniyeda uzatish, kinoxronika, ommaviy chiqishlar, xizmat tavsiflari, mansabdor shaxslarga murojaatlar; Internet tarmogʻida joylashtirish (veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar, bloglar, forumlar, izohlar, messenjerlar, kanallar, guruhlardagi sahifalar va boshqalar); elektron xatlar va xabarlarni bir yoki bir nechta shaxsga yuborish; audio- va video materiallarni videoxostinglar, striming platformalarida tarqatish; ogʻzaki ravishda maʼlumotni bir yoki bir nechta shaxsga yetkazish orqali tarqatilishi mumkinligini nazarda tutishlari lozim. Maʼlumotlarni faqat ular taalluqli boʻlgan fuqaro yoki yuridik shaxs vakilining oʻziga yetkazish tarqatish deb hisoblanmaydi.