Sudlar tomonidan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash amaliyoti haqida 26-band. Sudlarga tushuntirilsinki, shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarni…

Sudlarga tushuntirilsinki, shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha tegishli axborotni tarqatish usulidan qatʼi nazar (jumladan, bosma nashrlar, radio, televideniye, veb-saytlar, veb-sayt sahifalari, bloglar, ijtimoiy tarmoqlardagi profillar, messenjerlar va boshqa axborot-kommunikatsiya vositalari) badnom qiluvchi haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarning mualliflari, shuningdek, ularni tarqatgan shaxslar javobgar boʻladi. Agar OAVda maʼlumotlar tarqatilgan yoki aniq muallifi koʻrsatilmagan tahririy yoxud anonim material eʼlon qilingan taqdirda, ommaviy axborot vositasi tahririyati (egasi) ham tegishli javobgar boʻladi. Badnom qiluvchi maʼlumotlar veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar, bloglar yoki boshqa internet-resurslar orqali tarqatilgan va muayyan muallifi koʻrsatilgan boʻlsa, ushbu muallif, muallifi koʻrsatilmagan yoki axborot resurs, sahifa yoki kanal nomidan joylashtirilgan boʻlsa, “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning 12¹-moddasiga muvofiq eʼlon qilinayotgan axborotning toʻgʻriligini tekshirish, uning ishonchliligini taʼminlash va notoʻgʻri materiallarni darhol olib tashlash majburiyati yuklangan tegishli axborot resursi egasi yoki boshqaruvchisi (shu jumladan, bloger) tegishli javobgar boʻladi. Agar maʼlumotlar xodim tomonidan tashkilot nomidan xizmat vazifalarini bajarish yoki kasbiy faoliyat bilan bogʻliq holda tarqatilgan boʻlsa, FKning 989-moddasiga muvofiq, ushbu xodim qaysi yuridik shaxsning manfaatlarini koʻzlab harakat qilgan boʻlsa, oʻsha yuridik shaxs tegishli javobgar deb topiladi, bu holda xodim mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida yoki sud qarori bilan sherik javobgar sifatida ishda ishtirok etishga jalb etilishi mumkin. Daʼvogar maʼlumotlarni birgalikda tarqatgan bir nechta shaxslarning biriga nisbatan daʼvo qoʻzgʻatishga haqli boʻlib, bunday hollarda sud boshqa shaxslarni ishda sherik javobgar sifatida ishtirok etishga jalb qilishi mu