Sudlar shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha isbotlash predmeti va dalillar tarkibini aniqlashda, FPKning 72-moddasiga muvofiq har bir taraf oʻz talablari yoki eʼtirozlarini asoslash uchun tayanayotgan holatlarni isbotlashi shartligini inobatga olishlari lozim. Shu bilan birgalikda, tarqatilgan maʼlumotlarning haqiqatga toʻgʻri kelishini isbotlash majburiyati FKning 100-moddasiga koʻra javobgar zimmasiga yuklatilganligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.