Sudlar shaxsiy nomulkiy huquqlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha taraflar FPKning 166-moddasi tartibida kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzishlari mumkinligini inobatga olishlari lozim. Sud kelishuv bitimini tasdiqlashda uning shartlari uchinchi shaxslarning qonuniy huquq va manfaatlari, jamoat manfaatlariga zarar yetkazmasligini aniqlashi, kelishuv shartlarini xolisona baholashi, uning qonuniylik talablariga muvofiqligini tekshirishi shart (FPKning 169-moddasi).