Daʼvogarning nizoli axborotni tarqatgan shaxs haqidagi yoki uni joylashtirish holatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan dalillarni mustaqil ravishda olish imkoni boʻlmasa, sud FPK 72-moddasining uchinchi qismiga asosan bunday dalillarni toʻplashda koʻmaklashishi shart. Bu maqsadda internet xizmatlari provayderlari, domen nomlari roʻyxatga oluvchilari, sayt maʼmurlari va texnik maʼlumotlarga ega boʻlgan boshqa subyektlarga soʻrovnoma yoki sud topshirigʻi yuborilishi mumkin.