Shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sudning hal qiluv qarori sud belgilagan muddatda bajarilmagan taqdirda, aybdor shaxs Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 198¹-moddasining ikkinchi qismi hamda Jinoyat kodeksining 232-moddasida nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishi mumkin. Shaxsga nisbatan qonunda belgilangan jazo choralarining qoʻllanilishi uni sudning hal qiluv qarorida koʻrsatilgan harakatlarni bajarish vazifasidan ozod etmaydi.