Sudlar tomonidan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash amaliyoti haqida 8-band. Hayot va sogʻliqqa boʻlgan huquq Konstitutsiya , fuqarolik, jinoiy va maʼmuriy…

Hayot va sogʻliqqa boʻlgan huquq Konstitutsiya , fuqarolik, jinoiy va maʼmuriy qonunchilik, shuningdek, xalqaro shartnomalar bilan himoyalanadigan asosiy va mutlaq shaxsiy nomulkiy huquqlar sirasiga kiradi. Bu huquqlarning buzilishi faol gʻayriqonuniy harakatlar (zoʻravonlik, oʻz joniga qasd qilishga undash, tan jarohati yetkazish va hk.) shaklida ham, sogʻliqqa zarar yetkazilishiga olib kelgan gʻayriqonuniy harakatsizlik (masalan, tibbiy yordam koʻrsatishni rad etish) shaklida ham namoyon boʻlishi mumkin. Sudlar javobgarning gʻayriqonuniy harakatlari (yoki harakatsizligi) bilan shaxsning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan salbiy oqibatlar oʻrtasida sababiy bogʻlanish mavjud yoki mavjud emasligini aniqlashlari shart.