Sudlar tomonidan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash amaliyoti haqida 9-band. Sudlar shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarni himoya qilish bilan…

Sudlar shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarni himoya qilish bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda shaxsiy daxlsizlik va shaxsiy hayot daxlsizligi huquqlarini bir-biridan farqlashlari lozim. Jumladan, shaxsning daxlsizlikka boʻlgan huquqi uning erkinlikda boʻlishi, qonunga asoslanmagan holda ozodligi cheklanishi mumkin emasligi bilan ifodalanadi. Shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi shaxsning tugʻilishi bilan unda mavjud boʻladigan asosiy huquqlardan biri boʻlib, uning oʻziga tegishli boʻlgan maʼlumotlar, shaxsiy va oilaviy sirlari, yozishmalari va oʻziga tegishli boʻlgan boshqa axborotlarni himoya qilish huquqi mavjudligini anglatadi. Bunday ishlarni koʻrishda, sudlar tarqatilgan axborotning xususiyati, shaxsning roziligi, aralashuv fakti, sababiy bogʻlanishni mavjudligi, yuzaga kelgan oqibatlar hamda tarqatish shakli va usulini aniqlashlari zarur.