Sudlar tomonidan voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalar taʼminoti uchun aliment undirishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 14-band. Oila kodeksining 144-moddasiga muvofiq, sudning hal qiluv qaroriga asosan pul bilan…

Oila kodeksining 144-moddasiga muvofiq, sudning hal qiluv qaroriga asosan pul bilan toʻlanadigan qatʼiy summada undirilayotgan alimentlarni indeksatsiya qilish alimentlar ushlab qolinayotgan joyda qonunchilikda oʻrnatilgan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga mutanosib ravishda amalga oshiriladi. Indeksatsiya qilish maqsadida alimentning miqdori sud tomonidan qonunchilikda oʻrnatilgan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining muayyan qismiga mos ravishda pul bilan toʻlanadigan qatʼiy summada belgilanadi. Shunga koʻra, qatʼiy summada undirilishi lozim boʻlgan aliment miqdori sud tomonidan qonunchilikda oʻrnatilgan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining muayyan qismiga mos ravishda pul bilan toʻlanadigan qatʼiy summada (mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining yarmi, bir baravari, bir yarim baravari va hokazo) belgilanishi lozim.