Sudlar tomonidan voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalar taʼminoti uchun aliment undirishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 20-band. Voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz shaxslarga taʼminot berish…

Voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz shaxslarga taʼminot berish majburiyatlari belgilangan Oila kodeksining 122-moddasiga muvofiq, ota-onasi yoʻq boʻlgan yoki ulardan taʼminot ololmaydigan voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj shaxslarga taʼminot berish sud tomonidan ularning qarindoshlari: bobo, buvi, nevara, aka-uka, opa-singil, shuningdek, oʻgay ota va oʻgay ona, oʻgay oʻgʻil va oʻgay qiz hamda doimiy tarbiyada boʻlgan shaxslar zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunda, sudlar aliment miqdorini, qarzdorning hamda undiruvchi (daʼvogar)ning moddiy va oilaviy ahvolini hisobga olgan holda, har oyda pul bilan toʻlanadigan qatʼiy summada belgilashlari lozim.