Oila kodeksining 81-moddasi 2-qismiga koʻra, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi ota-onani oʻz bolasiga taʼminot berish majburiyatidan ozod qilmaydi. Shu munosabat bilan sudlarga tushuntirilsinki, agarda ota-onalik huquqidan mahrum qilinishida bolaga aliment undirish masalasi hal qilinmagan boʻlsa, aliment undirish yuzasidan vakolatli shaxs daʼvo (ariza) bilan murojaat qilishi mumkin.