Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-bobida nazarda tutilgan kafolatlarni buzishda aybdor boʻlgan shaxslar, bunday harakatlar xususiyati va kelib chiqqan oqibatlarga bogʻliq ravishda, maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (bundan buyon matnda — MJtK) XVI I -bobida tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish uchun maʼmuriy javobgarlik belgilangan. Shunda tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish deganda quyidagilar tushuniladi: mulk huquqini qonunga xilof ravishda cheklash va (yoki) undan mahrum qilish, xususiy mulkka tajovuz qilish, nomaqbulligi oldindan ayon boʻlgan shartlarni mulkdorga majburan qabul qildirish (MJtK 241¹-moddasi ); tadbirkorlik subyektlarini pul mablagʻlari hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ajratish bilan bogʻliq homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish (MJtK 241⁴-moddasi ); litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni berishning belgilangan tartibi hamda muddatlarini buzish (MJtK 241⁵-moddasi ); imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllashni gʻayriqonuniy ravishda rad etish, qoʻllamaslik yoki qoʻllashga toʻsqinlik qilish (MJtK 241⁶-moddasi ); davlat xizmati koʻrsatishni gʻayriqonuniy ravishda rad etish yoxud uni koʻrsatishdan boʻyin tovlash (MJtK 241⁹-moddasi ); olib qoʻyilayotgan yer uchastkasidagi tadbirkorlik subyektlariga tegishli binolarni, boshqa imoratlarni, inshootlarni yoki dov-daraxtlarni zararning oʻrnini mazkur mol-mulkning bozor qiymati boʻyicha oldindan va toʻliq qoplamagan holda buzib tashlash (MJtK 241¹¹ ); Xoʻjalik subyektlar faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishga (xoʻjalik subyektlar faoliyatini qasddan tekshirish tashabbusi bilan chiqish va (yoki) oʻtkazish; xoʻjalik subyektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni