Tushuntirilsinki, litsenziya olinishi lozim boʻlgan faoliyat bilan shugʻullanish huquqi litsenziya olingan paytdan yoki unda koʻrsatilgan muddatdan boshlab vujudga keladi va uning amal qilish muddati tugagandan soʻng, agar litsenziyada boshqa holat nazarda tutilmagan boʻlsa, shuningdek, litsenziya toʻxtatilgan, muddatidan ilgari tugatilgan yoki bekor qilingan hollarda tugatiladi. “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga koʻra, litsenziyalash sohasini davlat tomonidan tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va litsenziya beruvchi organlar (vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari) amalga oshiradilar.