Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 15-band. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, tadbirkorlik subyektlariga qonuniy faoliyatni…

Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, tadbirkorlik subyektlariga qonuniy faoliyatni amalga oshirishda, jumladan, soliq, moliya va statistika organlariga hisobotlar topshirishda, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarga oid qonuniy imtiyozlar, preferensiyalar qoʻllashda, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari (energiya, gaz, suv, kanalizatsiya, issiqlik taʼminoti va boshqa)ga ulanishga ruxsat olinishida, pul mablagʻlari yoki moddiy boyliklardan erkin foydalanishida davlat organlari yoki mansabdor shaxslar tomonidan noqonuniy aralashuvlar, cheklovlar, sansalorliklar va boshqa shu kabi toʻsqinliklarga yoʻl qoʻyilganligi holatlari aniqlansa, sud ularga nisbatan tegishli choralar qoʻllash haqida xususiy ajrim chiqarishi yoki shaxslarning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlarini aniqlasa, u jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qilishi lozim.