Terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 2-band. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirish bilan…

Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq jinoyat ishlarini koʻrib chiqishda sudlar jinoyat va jinoyat-protsessual qonunlari bilan bir qatorda quyidagilarga amal qilishlari lozim: Oʻzbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Qonuniga ; Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga ; Oʻzbekiston Respublikasining terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga; terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyalarga; Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhi (FATF) tavsiyalariga.