Terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 22-band. Terrorizmni, ekstremizmni moliyalashtirish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha muhokama…

Terrorizmni, ekstremizmni moliyalashtirish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha muhokama tamomlanganda, sudlar ish boʻyicha ashyoviy dalillar toʻgʻrisidagi masalani JPK 211-moddasiga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2012-yil 13-dekabrdagi “Jinoyat ishlari boʻyicha ashyoviy dalillarga oid qonunchilikni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorida berilgan tushuntirishlariga amal qilgan holda hal qilishlari shart.