Terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 3-band. Sudlarga tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining (bundan buyon…

Sudlarga tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining (bundan buyon matnda JK deb yuritiladi) 155³-moddasida quyidagilar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan: terrorchilik tashkilotining mavjud boʻlishini, faoliyat koʻrsatishini, terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun shaxslarning xorijga chiqib ketishi yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishini, terrorchilik harakatini tayyorlash va sodir etishni moddiy yoki moliyaviy jihatdan taʼminlash (bundan buyon matnda terrorizmni moddiy va moliyaviy taʼminlash deb yuritiladi); terrorchilik tashkilotlariga yoxud terrorchilik faoliyatiga koʻmaklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday vositalarni, resurslarni berish yoki yigʻish, boshqa xizmatlar koʻrsatish.