Terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 7-band. Vositalar, resurslar toʻplash deganda, terrorizmni moliyalashtirish uchun moʻljallangan…

Vositalar, resurslar toʻplash deganda, terrorizmni moliyalashtirish uchun moʻljallangan jinoyat predmetini izlab topish yoki jamgʻarishga qaratilgan harakatlarni sodir etish tushuniladi. Vositalar, resurslar toʻplashda ifodalangan jinoyat terrorizmni moliyalashtirish uchun moʻljallangan predmetlarning bir qismi olingan paytdan boshlab, bunda olingan vositalarni tasarruf etish uchun real imkoniyat mavjudligidan qatʼiy nazar, tugallangan hisoblanadi