Terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 8-band. Vositalar, resurslarni taqdim etish deganda, ilgari qonuniy yoki noqonuniy yoʻl bilan…

Vositalar, resurslarni taqdim etish deganda, ilgari qonuniy yoki noqonuniy yoʻl bilan topilgan va terrorizmni moliyalashtirish uchun moʻljallangan jinoyat predmetini terroristik xarakterdagi jinoyatlarni sodir etishgacha yoki sodir etish jarayonida topshirish tushuniladi. Bu qilmish jinoyat predmeti amalda taqdim etilgan, shu jumladan, pochta yoki boshqa aloqa vositalari orqali joʻnatilgan paytdan boshlab, undan foydalanish uchun real imkoniyat mavjudligidan qatʼiy nazar, tugallangan hisoblanadi.