Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bogʻliq ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 1-band. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, transport harakati va undan foydalanish…

Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlarning asosiy obyekti jamoat xavfsizligi va jamoat tartibi hisoblanadi. Shu bilan birga, aybdor shaxs mazkur jinoyatlarni sodir etishda, deyarli barcha hollarda, inson hayoti va sogʻligʻi kabi qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa obyektlarga ham tajovuz qiladi.