Yoʻl harakati va transport vositalaridan foydalanish qoidalari buzilishini harbiy mashinani boshqarish va ulardan foydalanish qoidalarini buzishdan farqlash lozim. Harbiy xizmatchi tomonidan jangovor, maxsus yoki transport mashinalarini boshqarish va ulardan foydalanish qoidalari buzilgan taqdirda, qilmish JK 298-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Agar yoʻl-transport hodisasi harbiylashtirilmagan mashinani boshqargan harbiy xizmatchining aybi bilan yoki harbiy mashinani boshqargan harbiy boʻlmagan shaxsning aybi bilan sodir etilsa, qilmish JK 266-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.