Tushuntirilsinki, temir yoʻl, dengiz, daryo, havo, avtomobil transporti yoki boshqa transport vositasidan foydalanish uchun masʼul shaxslar, agar ular tomonidan mast holatdagi yoki giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoxud odamning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostidagi shaxslarga mazkur transport vositalarini boshqarishga ruxsat berilgan taqdirda, JK 261-moddasi boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Bunday javobgarlik faqat quyidagi hollarda kelib chiqadi, agar: transport vositasidan foydalanish uchun masʼul shaxs haydovchi transport vositasini boshqarishga ruxsat berilgan paytda mast holatda yoki giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoxud odamning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida ekanligini aniq bilgan boʻlsa; yoʻl harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarining haydovchi tomonidan buzilishi natijasida badanga ogʻir shikast yetkazilgan yoki odam oʻlgan holda kelib chiqqan boʻlsa. Jinoyat kodeksi 261-moddasida nazarda tutilgan jinoyat subyekti tashkilot, korxona, muassasa rahbarining buyrugʻi bilan transport vositasini boshqarishga ruxsat berish majburiyati yuklatilgan shaxs, shuningdek, shaxsiy transport egasi hisoblanadi. Agar transport vositasini boshqarishga ruxsat berish majburiyati yuklatilgan shaxs tomonidan alkogolli ichimlikdan mast holatda yoki giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar yoxud odamning aql-idrokiga taʼsir etuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida boʻlgan haydovchini transport vositasini boshqarishdan chetlashtirilgan va keyinchalik bu haydovchi oʻzboshimchalik bilan transport vositasini boshqargan boʻlsa, JK 261-moddasi bilan javobgarlik kelib chiqmaydi. Shuni nazarda tutish lozimki, alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda taʼsiridan yoki oʻzgacha tarzda mast shaxsga transport vositasini topshirgan shaxs, basharti yoʻl-transport hodisasi natijasida JK 261-moddasida nazarda tutilgan oqibatlar kelib ch