Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bogʻliq ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 24-band. Sudlar yoʻl harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan…

Sudlar yoʻl harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq jinoyatlarni texnika xavfsizligi yoki transportda mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish bilan bogʻliq jinoyatlardan farqlay olishlari shart. Yoʻl harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish (JK 266-moddasi ) deganda, bunday harakatlarning transport vositasi yoʻllarda harakatlanishi jarayonida sodir etilishi tushuniladi. Agar transport vositasidan foydalanish jarayonida, jumladan transportga yuk ortish-tushirish, transport vositasini taʼmirlash, qurilish, qishloq xoʻjaligi ishlari va boshqa turdagi ishlarni bajarishda texnika xavfsizligi yoki mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish natijasida badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilgan, odam oʻlimi yoki boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqqan boʻlsa, mazkur qoidalarga rioya etilishi uchun masʼul shaxsning harakatlari JK 257-moddasi boʻyicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.