Uy-joy nizolari boʻyicha sud amaliyoti haqida 12-band. Sud, ishni koʻrishda ishning haqiqiy holatini, taraflarning huquq va majburiyatlarini har…

Sud, ishni koʻrishda ishning haqiqiy holatini, taraflarning huquq va majburiyatlarini har tomonlama toʻliq va xolisona oʻrganib chiqish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining tegishli moddalarida bayon etilgan harakatlarni amalga oshirishi zarur, xususan, taraflar yoki ularning vakillarini suhbatga taklif etishi, ularning mazkur daʼvoga oid barcha dalil hamda eʼtirozlarini va ishni kelishuv bitimi tuzish yoʻli bilan hal etish imkoniyatlarini oʻrganib chiqishi, zarur hollarda, taraflarga ishni sudda koʻrishga tayyorlash va ish sudda koʻrilayotgan jarayonda ham kelishuv bitimi tuzish yoʻli bilan tugatishni taklif qilishi lozim.