Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 50-moddasi talabiga koʻra ijaraga oluvchining oila aʼzolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar turar-joydan foydalanishda ijaraga oluvchi bilan teng huquqqa egadir va bu shaxslar ijaraga berish shartnomasi majburiyatlari yuzasidan ijaraga beruvchi oldida javobgardirlar. Boshqa shaxslarni oila aʼzosi deb topish masalasini hal etishda (xotini, eri, bolalari, ota-onalaridan tashqari) sud ularning ijarachi va uning oila aʼzolari bilan munosabatlarini, umumiy xoʻjalik yuritganliklarini, bir-biriga oʻzaro yordam koʻrsatib kelganliklari va oilaviy munosabatlari mavjudligini guvohlantiruvchi holatlarni aniqlashi lozim.