Uy-joy nizolari boʻyicha sud amaliyoti haqida 21-band. Davlat uy-joy fondidagi turar-joyning kapital taʼmirlanishi munosabati bilan fuqarolarga…

Davlat uy-joy fondidagi turar-joyning kapital taʼmirlanishi munosabati bilan fuqarolarga turar-joy berib koʻchirish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda, sud, fuqarolarni koʻchirmasdan taʼmirlash mumkin yoki mumkin emasligini, kapital taʼmirlash vaqtida taqdim qilinadigan turar-joy sanitariya, texnik, yongʻinga qarshi talablarga javob berishligini hamda shu aholi punkti chegarasi doirasida joylashganligini, koʻchirilayotgan fuqarolarning yoshi, sogʻligʻi va boshqa eʼtiborga sazovor holatlarni hamda kapital taʼmirlash muddatini eʼtiborga olishi lozim. Agar ijarachilar fuqarolarga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan uydan kapital taʼmirlanishi sababli chiqarilayotgan boʻlsalar, sud, uy kapital taʼmirlash ehtiyojiga muhtojligini, mulk egasi taʼmirlash imkoniyatiga ega ekanligini (masalan: mablagʻ, qurilish materiallarining mavjudligi), shuningdek taʼmirlash ishlarini amalga oshirish mumkin boʻlgan vaqtni inobatga olib, ijarachi va uning oila aʼzolarini maʼlum muddatga koʻchirib chiqarilayotganligini hal qiluv qarorida koʻrsatishi shart.