Uy-joy nizolari boʻyicha sud amaliyoti haqida 23-band. Davlat uy-joy fondiga tegishli turar-joy uchun kommunal xizmat haqlarini undirish…

Davlat uy-joy fondiga tegishli turar-joy uchun kommunal xizmat haqlarini undirish haqidagi daʼvolar boʻyicha ishga faqat ijaraga oluvchi javobgar sifatida jalb qilinadi. Xususiy uy-joy fondiga tegishli turar-joylarga koʻrsatilgan xizmat xarajatlari yuzasidan kelib chiqadigan nizolar boʻyicha esa, mazkur turar-joyning barcha voyaga yetgan mulkdorlari ishga javobgar sifatida jalb qilinishi, basharti, bu turdagi daʼvolar qanoatlantirilgan taqdirda, toʻlov ulardan solidar tartibda undirilishi mumkinligi masalasiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.