Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti toʻgʻrisida 3-band. Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuni 4-moddasiga…

Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuni 4-moddasiga koʻra, chet el valyutasi jumlasiga quyidagilar kiradi: muomaladagi hamda chet davlat (chet davlatlar guruhi) hududida naqd toʻlovning qonuniy vositasi boʻlgan pul belgilari, shuningdek muomaladan chiqarilayotgan yoki muomaladan chiqarilgan, ammo almashtirilishi lozim boʻlgan pul belgilari, chet davlatlarning (chet davlatlar guruhining) pul birliklarida hamda xalqaro pul birliklari; hisob-kitob birliklarida bank hisobvaraqlarida va omonatlarida turgan mablagʻlar.