Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 5-band. Sudlar JPKning 548-moddasiga koʻra voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar…

Sudlar JPKning 548-moddasiga koʻra voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha isbotlanishi lozim boʻlgan holatlar qatoriga yoshini va shaxsini aniqlashlik ham kirishini nazarda tutishlari zarur. Ayni vaqtda, shu narsani eʼtiborda tutish kerakki, shaxs tugʻilgan kunidan boshlab emas, balki tugʻilgan kuni oʻtganidan soʻng, yaʼni ertasi kunning nol soatidan boshlab jinoyat uchun javobgarlik boshlanadigan yoshga toʻlgan deb hisoblanadi. Sudlar ishda albatta voyaga yetmaganlarning tugʻilish guvohnomasi yoki pasportidan fotonusxa mavjudligiga ahamiyat berishlari kerak. Ishda bunday hujjatlar yoʻqligi aniqlangan taqdirda sudning oʻzi bunday kamchilikni bartaraf qilishi zarur. Sudlanuvchining yoshi sud-tibbiyot ekspertizasi tomonidan aniqlanayotganda, uning tugʻilgan kuni deb, ekspertlar aniqlagan yilning oxirgi kuni hisoblanadi. Yosh eng kam va eng koʻp yillar miqdori bilan aniqlanganda, sud ekspertlar tomonidan belgilangan eng kam yoshdan kelib chiqishi lozim.