Xususiylashtirilgan turar joylar bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda sudlar bu uy-joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish Fuqarolik va Uy-joy kodeksi mezonlari, “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonun bilan, Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 180-sonli qarori bilan, Vazirlar Mahkamasining yuqorida qayd etilgan 180-sonli qaroriga koʻra tasdiqlangan Xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), uylar (uylarning bir qismi)ni boshqalarga berish va meros qilib qoldirishda mulkchilik huquqi oʻtishi haqida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Uy-joy fondini xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomlar bilan tartibga solinishini nazarda tutmoqlari lozim. FKning 210-moddasiga binoan davlatga qarashli turar joyga xususiy mulk huquqi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda xususiylashtirish natijasida vujudga keladi.