“Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasi 3-bandi talabiga koʻra egallab kelayotgan turar joyni egalikka sotib olish uchun turar joyga nisbatan huquqlari boʻlgan barcha voyaga yetgan oila aʼzolari va boshqa shaxslar rozilik bergan boʻlishlari shartligini eʼtiborga olib, bunday rozilik berilmaganligi asosida orderni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvolarni hal etishda, sudlar haqiqatdan ham qayd qilingan shaxslarning roziligi qonunda belgilangan tartibda olingan-olinmaganligini tekshirishlari shart. Turar joydan foydalanish huquqiga ega shaxslar doirasi FKning 606-moddasi bilan belgilanadi.