Xususiylashtirilgan turar joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida 16-band. “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasiga muvofiq…

“Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasiga muvofiq xususiylashtirilgan turar joyda uni xususiylashtirilishiga rozilik bergan uy egasining boshqa oila aʼzolari yashayotgan boʻlsalar, ularning hammasi shu turar joyning egasi hisoblanadilar, egallab kelinayotgan turar joy esa xususiylashtirish natijasida umumiy mulkka aylanadi. Bu qoida turar joy egasining vaqtincha bu yerda yashamayotgan oila aʼzolariga ham tatbiq qilinadi. Ijarachi bilan birga yashayotgan va uning oila aʼzosi yoki sobiq oila aʼzosi boʻlib hisoblangan voyaga yetmagan shaxslar ijaraga olish shartnomasidan kelib chiqadigan barcha huquqlardan teng foydalanishlari sababli ular egallab turgan turar joylari xususiylashtirilgan taqdirda voyaga yetgan foydalanuvchilar bilan teng ravishda shu turar joyga nisbatan umumiy egalik huquqiga ega boʻladilar. Turar joy oila aʼzolarining biri tomonidan bepul xususiylashtirilgan taqdirda ham yuqorida koʻrsatilgan shaxslar shu asoslarga koʻra umumiy mulkning teng huquqli ishtirokchilari boʻlib qoladilar.