Xususiylashtirilgan turar joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida 7-band. “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq…

“Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq alohida uy, kvartira va xonaga boʻlgan egalik huquqi turar joy qiymati toʻliq toʻlangan (sotib olingan) va egalik huquqi haqida davlat orderi olingan paytdan boshlanadi. Agar fuqaro kvartira, uy (uyning bir qismi) uchun pay badalini toʻliq toʻlagan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq arizasini mahalliy hokimiyat organlarida roʻyxatdan oʻtkazgan boʻlsa-yu, ammo egalik huquqini beruvchi davlat orderini olmasdan vafot etsa, uning merosxoʻrlarida mazkur turar joyga vorislik huquqi paydo boʻladi.