Xususiylashtirilgan turar joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida 9-band. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish ikki taraflama shartnoma boʻlganligi sababli uni…

Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish ikki taraflama shartnoma boʻlganligi sababli uni bir tomonlama bekor qilish mumkin emasligi sudlarga tushuntirilsin. FKning 382—385-moddalariga muvofiq shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish faqat taraflar (xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar va hokimiyat organi) kelishuvi asosida amalga oshirilishi mumkin, kelishuv boʻlmagan taqdirda — sud qarori bilan hal qilinadi. Taraflar kelishuvi asosida shartnomani bekor qilish oʻsha shartnomada bir taraf boʻlib qatnashgan organ, yaʼni tuman (shahar) hokimiyati, korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati tomonidan amalga oshiriladi. Bunday holda davlat orderi oʻz kuchini yoʻqotadi.