Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun qilingan xarajatlar Fuqarolik kodeksining 221-moddasiga koʻra, umumiy ulushli mulkning har bir ishtirokchisi mol-mulkni saqlash chiqimlarida ulushiga qarab qatnashishi shart ekanligi sababli sud tomonidan taraflar oʻrtasida ularning ulushini inobatga olgan holda taqsimlanishi kerak. Shu bilan birgalikda mulkdorlarning moddiy ahvolini va eʼtiborga loyiq boshqa holatlarini eʼtiborga olgan holda sud ushbu qoidadan chekinishi mumkin.