Yakka tartibda qurilgan uyga boʻlgan mulk huquqi bilan bogʻliq nizolar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 18-band. Agar tegishli organlar ruxsatnomasi hamda umumiy ulushli mulkning boshqa ishtirokchilari…

Agar tegishli organlar ruxsatnomasi hamda umumiy ulushli mulkning boshqa ishtirokchilari roziligi bilan uyning ustiga, yoniga qoʻshimcha imoratlar qurilganligi yoki uy qayta qurilganligi natijasida uyning foydali maydoni koʻpayganligi yoxud uy har bir mulkdor ulushining aniq miqdoridan chekingan holda boʻlinganligi natijasida oʻzgarish boʻlganligi yoki mulkdorlardan biriga uyning unga tegishli ulushi uchun pul kompensatsiyasi toʻlanganligi aniqlansa, uyga boʻlgan umumiy ulushli mulk ishtirokchilarining daʼvosiga koʻra ularning ulushlari miqdori sud tomonidan oʻzgartirilishi mumkin.